"Sehrli qalpoqcha" ,"Besh bolali yigitcha ",
Joriy yilning 24-dekabr kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani MMTB tasarrufidagi 2-maktab hamkorligida "Kitobxonlar klubi" a'zolari ishtirokida o'zbek bolalar adabiyotining yirik namoyandasi Hudoyberdi To'xtaboev hayoti va ijodi haqida davra suhbati bo'lib o'tdi. Hudoyberdi To'xtaboev asarlarida mehr , orzu ,halollik , va insoniylik g'oyalarini ilgari surgan yozuvchi.Uning "Sariq devni minib " , "Sehrli qalpoqcha" ,"Besh bolali yigitcha ", "Mungli ko'zlar " kabi asarlari bolalar va kattalar qalbidan chuqur joy olgan.Hudoyberdi To'xtaboev asarlari orqali o'quvchini yurakdan o'ylashga, mehr , rahm-shafqat va insonparvarlik haqida mulohaza yuritishga undaydi.Davra suhbatida Hudoyberdi To'xtaboevning kitoblari ko'rgazmasi ham tashkil etildi.Davra suhbatida 24 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.