”San’at nafasi ” mavzusida rasmlar tanlovi bo'lib o'tdi .
Joriy yilning 15 dekabr kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani MMTB tasarrufidagi maktablar va tuman ma’naviyat bo’limi hamkorligida ”San’at nafasi ” mavzusida rasmlar tanlovi bo'lib o'tdi .
Tanlov mavzusi;
San’at va ijod
Ranglar orqali hissiyot ifodasi
Tasavvur va erkin ijod
Hayot go’zalligi san’at nigohida San’at-bu qalb nafasi, fikr ifodasi va go’zallik timsolidir. Yosh ijodkorlarni qo’llab quvvatlash, ularning tasviriy san’atga bo’lgan qiziqishlarini oshirish hamda iste’dodlarini namoish etish maqsadida rasmlar tanlovi tashkil etildi. Tanlov qiziqarli tarzda bo’lib o’tdi g’oliblar dipomlar bilan taqdirlandi va viloyat bosqichiga yo’llanmlar olishdi. Tanlovda 14 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.