• paxtakor_akm@natlib.uz
  • +998 93 827-67-10
  • O'zbek
  • Русский
  • English
  • paxtakor_akm@natlib.uz
  • +998 93 827-67-10
  • 22.11.2021
  • 09:09
Jizzax viloyati Paxtakor tumani Axborot-kutubxona markazi
  • Bosh sahifa
  • Kutubxona haqida
    • Kutubxona tarixi
    • AKM jamg'armasi
    • Tuzilma
    • O‘quv zallar
  • Kutubxona bo’limlari
    • Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati
    • Axborot-bibliografiya xizmati
    • Fondlarni to‘ldirish, saqlash ishlov berish xizmati
    • Axborot kommunikatsiya texnalogiyalari va raqamlashtirish xizmati
  • Kutubxona faoliyati
    • Rahbariyat
    • ish tartibi
    • Fuqarolar murojaati
    • Asosiy va qo'shimcha xizmatlar
    • Vikipediya bo`limi
    • Yangiliklar
  • Elektron kutubxona
  • Kutubxona yangiliklari

Respublika yig‘ma elektron katalog markazining “Yig‘ma elektron katalog: Ilg‘or xorijiy tajriba va hamkorlik istiqbollari” mavzusida seminar


2023-yil 24-oktabr kuni “INFOLIB –O‘ZBEKISTON - 2023” XII Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Respublika yig‘ma elektron katalog markazining “Yig‘ma elektron katalog: Ilg‘or xorijiy tajriba va hamkorlik istiqbollari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.  Respublika yig‘ma elektron katalog markazi xodimlari, “Turon“ AKM YEK sektor xodimlari, Samarqand viloyati AKM YEK sektori mudiri, Farg‘ona viloyati AKM YEK sektori mudiri, Sirdaryo viloyati AKM YEK sektori mudiri, Toshkent shahar va Toshkent viloyatida joylashgan OTM va Professional ta’lim ARM hududiy bo‘linmalari mutaxassis xodimlari uchun tashkil etilgan mazkur seminarda Respublika yig’ma elektron katalog markazi direktori Zuhra Nasirova ishtirokchilarni qutladi va seminar maqsadi bilan tanishtirdi. “Toshkent shahar va Toshkent viloyatida joylashgan OTM va Professional ta’lim ARM hududiy bo‘linmalari mutaxassis xodimlari uchun Yig‘ma elektron katalog markazining catalog.unicat.uz bazasini shakllantirish bo‘yicha seminar o‘tkazish”. Seminar davomida mutaxassislar RYEKM Tashqi aloqa va texnik ta’minoti xizmati rahbari Odina Nasirovaning “Yig‘ma elektron katalog nima? YEK faoliyati va afzalliklari”, OOO “UPRESS” vakili Galina Gildebrantning “Axborot – kutubxona foydalanuvchilariga xizmat ko‘rsatishning Ulibrary yagona tizimini joriy etish modeli. Rossiya tajribasi”, RYEKM Kataloglashtirish va tahrirlash xizmati rahbari Farida Shamsutdinovaning “OCLC – Jahon Yig‘ma elektron katalogi”, Samarqand viloyati AKM YEK sektor mudiri Gulbahor Rahimovaning “YEK tizimida bibliografik yozuv yaratish”, RYEKM Kataloglashtirish va tahrirlash xizmati yetakchi mutaxassisi Umida Zayniyevaning “YEK tizimida oddiy va batafsil qidiruv”, RYEKM Kataloglashtirish va tahrirlash xizmati yetakchi mutaxassisi Komola Mashrapovaning “YEK tizimida nusxa qo‘shish”, Sirdaryo viloyati AKM YEK sektor mudiri Hilola Hodjanazarovaning “Sirdaryo viloyatida Axborot-kutubxona muassasalari YEK bazalarini shakllantirish, yutuq va kamchiliklari”, Farg‘ona viloyati AKM YEK sektor mudiri Otabek Madaripovning “Farg‘ona viloyatida Axborot-kutubxona muassasalari YEK bazalarini shakllantirish, yutuq va kamchiliklari” mavzularidagi taqdimotlari bilan tanishdilar. Tadbir so’ngida taqdimotchilar tadbir ishtirokchilarning savollariga javob berdilar.
Jizzax viloyati Paxtakor tumani Axborot-kutubxona markazi

Jizzax viloyati Paxtakor shahri 
“Do‘stlik” MFY Mustaqillik ko‘chasi 2-a uy

Telefon: +998 93 827-67-10
Email: paxtakor_akm@natlib.uz

© Copyright 2021 — Jizzax viloyati Paxtakor tumani Axborot-kutubxona markazi. Barcha huquqlar ximoyalangan