Respublika koʻrik-tanlovining tuman bosqichi o’tkazildi.
Joriy yilning 17-oktabr kuni Paxtakor tumani axborot- kutubxona markazi MMTB tasarrufidagi barcha maktablar va viloyat Bolalar kutubxonasi hamkorligida “Jadidlar izidan” Respublika koʻrik-tanlovining tuman bosqichi o’tkazildi. O'quvchilar ikkita shart bo'yicha bellashdilar. Tadbirda yoshlar o‘rtasida jadidlar merosini o‘rganish, ularning ma’rifatparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish, milliy o‘zlikni anglash va vatanparvarlik ruhini mustahkamlashga qaratilgan chiqishlar namoyish etildi. ⚡️Tanlovda quyidagi maktab o'quvchilari g'oliblikni qo'lga kiritishdi
1️⃣-o'rin 6-8-sinflar o'rtasida tumandagi 11-maktab o'quvchisi Ortiqboyev Asadbek
9-10 sinflar o'rtasida, 14-maktab o'quvchisi Ismatullayeva Gulsevar g'olib bo'lib, viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi
Ko'rik-tanlov g'oliblariga diplom va qimmatbaho esdalik sovg'alari topshirildi. Tadbirda 100 dan ortiq ishtirokchilar ishtirok etdi