"Qonunni bilish – huquqni himoya qilishning kafolati" mavzusida uchrashuv tashkil qilindi.
Joriy yilning 29- iyun kuni Paxtakor tuman axborot-kutubxona markazi, Paxtakor tuman adliya bo’limi hamkorligida "Qonunni bilish – huquqni himoya qilishning kafolati" mavzusida uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuv fuqarolarning huquqiy bilim va madaniyatini oshirish, qonunchilikdagi so'nggi o'zgarishlar hamda fuqarolarning huquq va majburiyatlari haqida batafsil ma'lumot berish maqsadida tashkil qilindi. Uchrashuv davomida adliya xodimlari ishtirokchilarning huquqiy masalalarga oid savollariga javob berib, amaliy tavsiyalar berdilar. Shuningdek, kutubxonadagi huquqiy adabiyotlar bilan tanishtirildi. Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o'tib, ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar tinglandi. Uchrashuvda 24 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.