"Qatag'on qurbonlari-millat xotirasida" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
Joriy yilning 14-sentyabr kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi va MMTB tassarufidagi 2- maktabning 8-sinf o'quvchilari bilan hamkorligida " Qatag'on qurbonlari-millat xotirasida" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbatida, qatag‘on qurbonlari — xalqimiz tarixining og‘ir va achchiq sahifalarini aks ettiruvchi fidoyi insonlar bo'lganliklari, shuningdek ularning xotirasini asrash, hayoti va ijodini o‘rganish har bir avlod uchun muhim vazifa ekanligi haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Ularning nomlari xalqimiz xotirasida abadiy yashaydi. Davra suhbatida kitoblar ko’rgazmasi ham tashkil etildi. Davra suhbatida 20 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.