”Qalbni poklagan hikmatlar-Navoiy va Rumiy merosi”nomli ma’naviy va ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 13-avgust kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi tomonidan Milliy kutubxonaning 59-sonli buyrug'iga asosan Payshanba yoshlar kuni munosabati bilan Paxtakor tumani“Abdurahmon akademiyasi”o‘quv markazi hamkorligida Alisher Navoiy va Jaloliddin Rumiy asarlarining falsafiy va axloqiy g’oyalarini yoshlar o’rtasida keng targ‘ib etish maqsadida”Qalbni poklagan hikmatlar-Navoiy va Rumiy merosi”nomli ma’naviy va ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda shoirlarning hayoti va ijodi haqida ma’rizalar,asarlaridan namunalar o‘qish hikmatli fikrlar tahlili hamda savol javoblar tashkil etildi.Yoshlar buyuk mutafakkirlar merosidan insoniylik,mehr-oqibat,sabr-toqat,ilmga intilish va Vatanga muhabbat kabi fazilatlarni o‘rgandilar.Tadbirda kitoblar ko’rgazmasi ham tashkil etildi.Tadbirda 29 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi