”Podshoning dono qizi” kitobi taqdimoti bo’lib o’tdi
Joriy yilning 19-dekabr kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani MMTB tasarrufidagi 2-maktab bilan hamkorlikda ”Kitobxonlar klubi” a’zolari ishtirokida o’zbek xalq ertaklari kitobidan ”Podshoning dono qizi” kitobi taqdimoti bo’lib o’tdi. Bu ertakda podshoning aql-zakovati, topqirligi va donoligi bilan mashhur bo’lgan qizi haqida so’z boradi. Ertak orqali bilim, donolik va zukkolik boylik yoki kuchdan ustun ekani , aqilli inson har qanday vaziyatdan to’g’ri yo’l topa olishi g’oyasi targ’ib etiladi. Taqdimot davomida o’quvchilarimizni kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlari ortdi. Taqdimotda kitoblar ko’rgazmasi ham tashkil etildi. Taqdimotda 26 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.