Payshanba yoshlar kuni munosabati bilan ”Sog’lom turmush tarzi kuni” nomli davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 25-iyun kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani ”Toshkent” MFY bilan hamkorlikda Milliy kutubxonaning 59-sonli buyrug’iga asosan Payshanba yoshlar kuni munosabati bilan ”Sog’lom turmush tarzi kuni” nomli davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatining maqsadi-aholi, ayniqsa yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish , jismoniy faollikni oshirish, to’g’ri ovqatlanish va zararli odatlardan yiroq bo’lishning ahamiyatini keng tushuntirishdan iborat bo’ldi. Davra suhbatida kitoblar ko’rgazmasi ham tashkil etildi. Davra suhbatida 16 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.