“Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan kutubxona rahbari va yoshlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Joriy yilning 6-may kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazida “Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan kutubxona rahbari va yoshlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish hamda yoshlarni ilm-fan va mutolaaga keng jalb etishdan iborat bo‘ldi. Uchrashuv davomida kutubxona rahbari tomonidan yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, kutubxonaning zamonaviy xizmatlari hamda kitob mutolaasining inson kamolotidagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ochiq va samimiy muloqot olib borildi. Uchrashuvda 12 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.