Paxtakor tumanida 9-may — Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlandi
Paxtakor tumanida 9-may — Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlandi Ushbu sana Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan vatandoshlar xotirasini yod etish, bugungi kunda oramizda bo‘lgan faxriylarni e’zozlash va ularga hurmat ko‘rsatish kuni sifatida 1999-yildan buyon nishonlab kelinmoqda. Tadbir avvalida tuman hokimi X.Abduvoxidovning bayram tabrigi yo‘llandi. Shundan so‘ng nuroniylar tomonidan urush yillaridagi og‘ir va unutilmas xotiralar yod etildi. Bayram davomida harbiylar hamda yoshlar tomonidan saf qo‘shiqlari ijro etildi. Maktab o‘quvchilari Vatan, tinchlik va jasoratni madh etuvchi she’rlar o‘qishdi. Shuningdek, tuman madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishlandi. Tadbir yakunida yig‘ilganlar Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yib, Urush qurbonlari xotirasiga hurmat bajo keltirishdi.