Paxtakor tumani Kengashi deputati K. Mamanova hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Paxtakor tuman Kengashi raisi F. Niyazmetova bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
20-avgust Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari, Paxtakor tumani Kengashi deputati K. Mamanova hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Paxtakor tuman Kengashi raisi F. Niyazmetova bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Tadbir davomida deputatlar yoshlar bilan ochiq muloqot olib borib, mahalliy Kengashlarning faoliyati, deputatlarning vazifalari va vakolatlari, yoshlarning jamiyat hayotidagi o‘rni hamda ularni qaror qabul qilish jarayonlariga jalb etish masalalari haqida ma’lumot berildi.Shuningdek, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, taklif va fikrlarini bildirdi.Uchrashuv yakunida yoshlarni davlat va jamiyat boshqaruvida faol ishtirok etishga, jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga chaqirildi.Tadbir yakunida ishtirokchilar bilan fikr-mulohazalar almashildi va kelgusida ham bunday uchrashuvlarni muntazam tashkil etish bo‘yicha takliflar bildirildi.Tadbirda 20 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.