Paxtakor tumani Axborot kutubxona markazi xodimlari ham bugungi kunning dolzarb mavzulari haqidagi "Siyosiy-ma’rifat" soatini tingladilar.
NAVBATDAGI “SIYOSIY-MA’RIFAT” SOATI BO‘LIB O'TMOQDA 📝Haftaning har juma kuni Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va shuningdek, barcha shahar va tumanlar hokimliklari xodimlari uchun siyosiy ma’rifat soati tashkil etilmoqda. Paxtakor tumani Axborot kutubxona markazi xodimlari ham bugungi kunning dolzarb mavzulari haqidagi "Siyosiy-ma’rifat" soatini tingladilar. Bugungi "Siyosiy-ma'rifat" soatdan xodimlar siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar oldi. Ma’rifat soatida shu kunning siyosiy, ijtimoiy, ma’rifiy va madaniy xabarlari batafsil yoritilmoqda.