Paxtakor tuman MMTB tasarrufidagi 2- maktab bilan hamkorlikda ”Bir kun bir hikoya ” nomli davra suhbati o’tkazildi.
Joriy yilning 4-sentabr kuni ”Kitob va mutolaa haftaligi” doirasida Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Paxtakor tuman MMTB tasarrufidagi 2- maktab bilan hamkorlikda ”Bir kun bir hikoya ” nomli davra suhbati o’tkazildi.Davra suhbatida o'quvchilarga ”Bir Kunlik qadr” nomli hikoya o'qib eshittirildi va shu mavzu bo'yicha fikr mulohazalar yuritildi . Hayotning har bir kuni bizga imkoniyat ,saboq o‘zgarish va taraqqiyot uchun berilgan nemat ekanligi o'quvchilarga tushuntirib otildi.Inson hayoti cheklangan .Tarixda ham , adabiyotda ham bir kun ichida sodir bo'lgan voqealar insonlar taqdirini butkul o'zgartirgan .” Bir kunlik qadr ”degani - vaqtni qadrlash ,har bir daqiqani to'g'ri yo'naltirish ,hayotimizga maqsadli yondashish deganidir .Har kuni bir yangi imkoniyat sifatida qabul qilsak,hayotimiz ham , jamiyatimiz ham o'zgaradi . Davra suhbatida 26 nafar ishtirokchi qatnashdi .