,,Oqila ayollar va yoshlar muloqoti'' nomli uchrashuv tashkil etildi.
Joriy yilning 13-aprel kuni Paxtakor tuman axborot-kutubxona markazida VI Respublika Kitobxonlik haftaligi doirasida ”Oqila ayollar harakati” a’zolari bilan ,,Oqila ayollar va yoshlar muloqoti'' nomli uchrashuv tashkil etildi.Mazkur uchrashuvning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish,ularni ma’naviy barkamollikka chorlash,hayotda o‘z o‘rnini topishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi. Uchrashuv davomida mehmonlar o‘zining hayotiy tajribalari, erishgan yutuqlari hamda kitob mutolaasining inson kamolotidagi o‘rni haqida batafsil so‘zlab berdilar.Shuningdek, ishtirokchilarga kitob o‘qishning ahamiyati, to‘g‘ri kasb tanlash va vaqtni samarali tashkil etish borasida foydali tavsiyalar berildi . Mazkur uchrashuv ishtirokchilarda katta tassurot qoldirdi hamda ularni yanada ko‘proq kitob mutolaa qilishga undadi. Uchrashuvda kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi. Uchrashuvda 28 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.