”Oq So’yloq” nomli kitobi taqdimoti bo’lib o’tdi.
Joriy yilnin 24-noyabr kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani ”Favqulotda vaziyatlar ” bo`limi bilan hamkorlikda yangi kelgan kitoblarimizdan biri Jek Londonning ”Oq So’yloq” nomli kitobi taqdimoti bo’lib o’tdi. Jek Londonning ”Oq So’yloq” qissasi inson va tabiat o’rtasidagi murakkab munosabatlarni yorqin tasvirlab bera olgan. Muallif voqealarni bo’rining ko’zi bilan ko’rsatib, uning yovvoyi hayotdan inson dunyosiga qanday moslashishini o’ta jonli tarzda ifodalab beradi. Asar faqat hayvonlar haqida emas, balki insoniyatning hayvonlarga va bir biriga bo’lgan munosabatlari haqida ham chuqurroq fikr yuritishga majbur qiladi. Taqdimot davomida ”Favqulotda vaziyatlar ”xodimlari kutubxonamizdagi kitoblar bilan kengroq tanishib chiqishdi. Taqdimotda 9 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.