"Onalarni e'zozlash-muqaddas burch"nomli davra suhbati tashkil etildi
Joriy yilning 18-avgust kuni PQ-401-son qarorining 3-ilova 36-bandida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo'yicha Paxtakor tumani axborot kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani Oqila ayollari hamkorligida"Onalarni e'zozlash-muqaddas burch"nomli davra suhbati tashkil etildi. “Ona”—mehr,muhabbat,sabr-toqat va fidoyilik timsolidir.Ona farzandining baxti va kelajagi uchun bor mehrini bag‘ishlaydi.Shu bois onalarni e’zozlash,ularning duosini olish, holidan xabar olish va xizmatlarini qilish har bir farzandning ezgu insoniy burchidir.Davra suhbatida ona mehrining qadri,oilada onaning o‘rni,farzandning ota-ona oldidagi burchlari,milliy qadriyatlarimizda onaga bo‘lgan hurmat haqida fikrlar almashildi.Davra suhbatida kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi.Davra suhbatida 13 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi