”Onalarga ehtirom” nomli musiqiy tadbir bo’lib o’tdi.
Joriy yilning 6- mart kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani MMTB tasarrufidagi 2- maktab hamkorlikda ”Kitobxonlar klubi” a’zolari ishtirokida 8-mart xalqaro xotin qizlar bayrami munosabati bilan ”Onalarga ehtirom” nomli musiqiy tadbir bo’lib o’tdi. O’zbek ayoli azal-azaldan latofat , ibo va matonat namunasi bo’lib kelgan. Shoira Zulfiya ayol qalbini mehr va sadoqat manbai sifatida ulug’lagan bo’lsa, buyuk Alisher Navoiy ham ayolni e’zozlashni yuksak qadriyat deb bilgan. Tadbirda o’quvchilarimiz tomonidan onajonlarga atab chiroyli she’rlar o’qildi raqslar ijro etildi. Tadbirda onajonlarimiz ham ishtirok etishdi onajonlarimiz ham chiroyli shartlar bajarib tadbirimizga ko’tarinki ruh bag’ishlashdi. Tadbirda 46 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.