”Onalar kuni” munosabati bilan davra suhbati bo’lib o’tdi.
Joriy yilnin 17-noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 21 dekabrdagi ”Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi” PQ-401-son qarorining 3-ilova 36-bandida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo’yicha Paxtakor tumani axborot kutubxona markazi hamda ”G’alaba” MFY da yashovchi kitobxon onalar ishtirokida ”Kitobxon onalar-ma’naviyat posbonlari” shiori ostida ”Onalar kuni” munosabati bilan davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbatida yosh avlodlarning komil inson bo’lib voyaga etishi, oilada sog’lom muhit shakillantirishda o’rni beqiyosdir. Ayniqsa kitobxon ona -farzand tarbiyasida eng muhim ma’naviy tayanchdir. Davra suhbatida tarbiyaga oid kitoblar ko’rgazmasi ham tashkil etildi. Davra suhbatida 12 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.