”Onalar duosi-hayot nuridir”mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.
Joriy yilning 20-fevral kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazida"Ayollarni e'zozlash" oyligi doirasida "Ayol baxtli bo'lsa, jamiyat baxtlidir" shiori ostida ”Onalar duosi-hayot nuridir”mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbati onalarning jamiyat va oila hayotidagi beqiyos o‘rnini, milliy qadriyatlarimizda ona duosining ahamiyatini targ‘ib qilish maqsadida tashkil qilindi. Davra suhbatida ona duosining inson hayotidagi o‘rni, uning farzand kamolotiga ta’siri haqida fikr yuritildi. Davra suhbatida buyuk shoirlarimiz ijodidan ham namunalar keltirildi. Kutubxona mutaxassisi tomonidan O’tkir Hoshimovning ” Dunyoning ishlari” kitobi targ’ibot qilindi. Davra suhbatida kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi. Davra suhbatida 14 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.