”Onajonlar sizga ta’zim” nomli Onalar kuniga bag’ishlangan davra suhbati bo’lib o’tdi.
Joriy yilnin 14-aprel kuni VI Respublika Kitobxonlik haftaligi doirasida PQ-401-son qarorining 3-ilova 36-bandida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo’yicha Paxtakor tumani axborot kutubxona markazi hamda Paxtakor tuman MMTB tasarrufidagi maktablar hamkorligida ”Onajonlar sizga ta’zim” nomli Onalar kuniga bag’ishlangan davra suhbati bo’lib o’tdi. Zero, jamiyatning ma’naviy qiyofasi , avvalo oiladan boshlanadi. Oilaning yuragi esa-onadir. Kitob o’qiydigan, bilimli va tafakkurli ona esa kelajak avlodni ham shunday tarbiyalaydi. Xulosa qilib aytganda, kitobxon onalar-jamiyatning katta boyligidir. Ular nafaqat o’z farzandini, balki butun bir avlodni tarbiyalaydi. Har bir oilada kitob mutolaa qilish an’anaga aylansa, yurtimizda ma’naviy yetuk , bilimli va vatanparvar yoshlar kamol topadi. Davra suhbatida kitoblar ko’rgazmasi ham tashkil etildi. Davra suhbatida 15 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.