"Oilada kitobxonlik muhitini yarataylik" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
Joriy yilning 23-sentabr kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda MMTB tassarufidagi 4- maktabning 5-sinf o'quvchilari bilan hamkorlikda oilada kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga qaratilgan g'oya asosida "Oilada kitobxonlik muhitini yarataylik" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Kitob insonning eng yaqin do'sti va bilim manbaidir. Kitob o'qigan insonning dunyoqarashi kengayadi, fikrlash qobiliyati rivojlanadi, nutqi boyiydi. Kitobga mehr quygan bola bilimga ezgulikka va go'zal fazilatlarga intiladi. Shuning uchun har bir oilada kitob uchun alohida vaqt va e'tibor ajratish zarur. Davra suhbati yakunida ishtirokchilarga faol qatnashgani uchun minnatdorchilik bildirildi va oilaviy mutolaani muntazam davom ettirish tavsiya etildi. Davra suhbatida kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi. Davra suhbatida 26 nafar o'quvchi ishtirok etishdi.