"Ochiq osmon ostida kutubxona" shiori ostida yangi adabiyotlar ko`rgazmasi tashkil qilindi.
2023-yil 30-oktabr kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 2-umumiy o`rta ta`lim maktabida "Ochiq osmon ostida kutubxona" shiori ostida yangi adabiyotlar ko`rgazmasi tashkil qilindi. Axborot-kutubxona markazi xodimlari maktab o’quvchi va o’qituvchilarga kitob o‘qishga bo'lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida targ'ibot ishlari olib borildi. Kutubxonadagi eng sara qiziqarli badiiy adabiyotlar bilan bezatilgan mazkur ko`rgazmada maktab o`quvchilari va o`qituvchilari bevosita ishtirok etib, o`zlari yoqtirgan adabiyotlar bilan yaqindan tanishishdi va fikrlar almashishdi.