"O’zbekistonning mustaqilligi uchun tamal toshi qo’ygan siyosatchi’’ mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
2023-yil 25-oktabr kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi tomonidan “INFOLIB O`ZBEKISTON-2023” XII Milliy axborot-kutubxona haftaligi va "Yosh kutubxonachilar" III forumi dasturi ikkinchi kuni 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilari hamda ‘’kitobsevarlar klubi’’ a'zolari bilan Mehnat qahramoni orderi soxibi Sharof Rashidov tavalludining 106 –yilligiga bag’ishlangan "O’zbekistonning mustaqilligi uchun tamal toshi qo’ygan siyosatchi’’ mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Davra sxbatida Sh.Rashidovning hayoti va ijodi haqida o’quvchilarga ma’lumotlar berildi. Tadbirda 20 nafar kitobxon ishtirok etdi.