Oʻzbekistonning kelajagi va rivojlanish rejalari belgilab berildi.
2026-yil 5-yanvar Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazida 2026-yil "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili" nomlanishi munosabati bilan ma'naviyat soati o'tkazildi. ☘️Ma'naviyat soatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2026-yilni "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili" deb eʼlon qilgani, bu murojaatnomada davlat boshqaruvi, sud-huquq, iqtisodiyot, taʼlim, tibbiyot, ekologiya va boshqa barcha sohalarda tub burilish yili boʻlishi taʼkidlanib, yangi Oʻzbekistonning kelajagi va rivojlanish rejalari belgilab berildi.
☘️Yangidan-yangi loyihalar: Murojaatnomada yangi Oʻzbekistonning ertangi kunini qurishga qaratilgan yangi loyihalar va dasturlar taqdim etildi.
Manaviyat soatida 10 nafar TAKM mutaxassislari ishtirok etdi.