O’zbekiston Respublikasi Madhiyasi qabul qilingan kun uchun musiqiy tadbir bo’lib o’tdi.
Joriy yilning 10 dekabr kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani MMTB tasarrufidagi 2- maktab hamkorligida ”Kitobxonlar klubi” a’zolari ishtirokida O’zbekiston Respublikasi Madhiyasi qabul qilingan kun uchun musiqiy tadbir bo’lib o’tdi. Madhiyaning matni mashhur shoir Abdulla Oripov tomonidan yozilgan, musiqasi esa taniqli bastakor Mutal Burhonov tomonidan yaratilgan. Madhiyada xalqning Vatanga bo’lgan mehr-muhabbati, erkinlik va mustaqillik g’oyalari yuksak tarannum etiladi.Tadbir ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi. Tadbir davomida o’quvchilar O’zbekiston Respublikasi Madhiyasini ijro etishdi , ifodali she’rlar aytishdi raqslar ijro etishdi.Tadbirda 32 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.