O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi 33 yilligi munosabati bilan zakovat intellektual o’yini tashkil etildi.
Joriy yilning 6-dekabr kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi va MMTB tasaruffidagi maktablar hamkorligida O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi 33 yilligi munosabati bilan zakovat intellektual o’yini tashkil etildi. Zakovatda 5ta jamoa ishtirok etdi. Zakovat 2 bosqichda o’tkazildi. Zakovat davomida ishtirokchilar huquqiy bilim, mantiqiy fikrlash va tezkor javob berish ko‘nikmalari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Zakovatdagi taqdim etilgan savollar bahs-munozaraga boy bo'lganligi uchun o'quvchilarga judayam manzur bo'ldi. Natijalar bo’yicha
1-o’rinni ”Advakatlar” jamoasi
2-o'rinni "Taraqqiyot" jamoasi
3-o'rinni "Huquqshunoslar"jamoasi g’olib deb topildi. G'olib jamoalarga diplom va estalik sovg'alar berildi. Zakovatda kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi. Zakovatda 30nafar ishtirokchi ishtirok etdi.