"O'zbek tili barchamizni birlashtiradi" deb nomlangan ma'naviy va musiqiy tadbir tashkil etildi.
📚 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan Paxtakor tuman hokimligi, Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi vakillari, taʼlim va madaniyat sohasi xodimlari, nuroniylar hamda faol yoshlar hamkorligida "O'zbek tili barchamizni birlashtiradi" deb nomlangan ma'naviy va musiqiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda axborot -kutubxona markazi "Tilimiz — millat ko‘zgusi, ma’naviyat bulog‘i" nomli kitoblar ko'rgazmasi bilan qatnashdi.