”O’tmishni yod et, kelajakni asra” nomli zakovat intellektual o’yin tashkil etildi.
Joriy yilning 19-sentabr kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi va hamda Paxtakor tuman MMTB tasarrufidagi maktablar hamkorligida 2025-yilning 15-25-sentyabr kunlari “Xon atlas” festivali doirasida ”O’tmishni yod et, kelajakni asra” nomli zakovat intellektual o’yin tashkil etildi. Zakovatda Jadidchilar mavzusida tuzilgan zakovat savollari taqdim etildi. Bu savollar tarixiy, madaniy va siyosiy jarayonida jadidchilik harakatining asosiy vakillari, g‘oyalari va ta’siri haqida bo‘ldi. O’yin 2 bosqichda o’tkazildi. Natijalar bo‘yicha quyidagi jamoalar g‘olib deb topildi.
1-o‘rin – ”Tarqqiyot” jamoasi,
2-o‘rin – ”Mash’ala” jamoasi,
3-o‘rin – ”Spartak” jamoasi.
Zakovatda jadid adabiyot durdonalaridan iborat kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi. Zakovat o’yinida 25 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.