"O'quvchilarni badiiy adabiyotlar o'qishga jalb qilish" nomli kitoblar targ'iboti tashkil etildi.
Joriy yilning 11 sentabr kuni Paxtakor tumani axborot - kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani MMTB tasarrufidagi 4-maktab bilan hamkorlikda "O'quvchilarni badiiy adabiyotlar o'qishga jalb qilish" nomli kitoblar targ'iboti tashkil etildi. Kitob inson ma'naviyatini boyituvchi, dunyoqarashini kengaytiruvchi va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantiruvchi muhim manbaadir. Ushbu targ'ibotning maqsadi o'quvchilarga kitob tanlashga yordam berish, ularning yoshi va qiziqishlariga mos adabiyotlarni tavsiya qilishdan iboratdir. Targ'ibotda kitoblar ko'rgazmasi ham tashkil etildi. Targ'ibotda 25 nafar o'quvchi va 2 nafar o'qituvchi ishtirok etdi.