”Navroz bahor va go’zallik bayrami” nomli musiqiy tadbir bo’lib o’tdi.
Joriy yilning 17-mart kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani MMTB tasarrufidagi 2- maktab hamkorlikda ”Kitobxonlar klubi” a’zolari ishtirokida qalblarga quvonch ulashuvchi eng go’zal bayramlardan biri-Navro’z bayrami munosabati bilan ”Navroz bahor va go’zallik bayrami” nomli musiqiy tadbir bo’lib o’tdi. Tadbir davomida o’quvchilarga Navro’z bayrami haqida keng tushunchalar berib o’tildi. Navro’z-bu qadimiy va abadiy bayram. U insonlarni mehr-oqibatga , do’stlik va hamjihatlikka chorlaydi. Tadbirda o’quvchilarimiz ishtirokida Navro’z haqida , bahor haqida sherlar o’qishdi ”Bahor keldi” nomli sahna ko’rinishi namoish etildi , raqslar ijro etildi. Tadbir ko'tarinki kayfiyatda bo’lib o’tdi. Tadbirda milliy urf odatlarimizga oid kitoblar ko’rgazmasi ham tashkil etildi.Tadbirda 36 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.