“Mustaqillikning 35 yilligi – Yangi O‘zbekiston yoshlari nigohida” shiori ostida Payshanba – yoshlar kuni munosabati bilan rahbar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 12-iyun kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazida “Mustaqillikning 35 yilligi – Yangi O‘zbekiston yoshlari nigohida” shiori ostida Payshanba – yoshlar kuni munosabati bilan rahbar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda axborot-kutubxona markazi direktori R. Anarova hamda axborot bibliografiya xizmat raxbari tuman axborot-kutubxxona markazi mutaxassislari bilan ochiq muloqot olib borib, ularning taklif va tashabbuslarini tingladilar. Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldilar hamda innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi. Tadbirda 10 nafar mutaxassis ishtiroq etdi.