“Milliy ma’rifat uyg‘onishi: jadidlar sadosi” mavzusida davra suhbat bo’lib o’tdi
Joriy yilning 21-noyabr kuni Paxtakor tuman axborot- kutubxona markazida faol kitobxonlar bilan “Milliy ma’rifat uyg‘onishi: jadidlar sadosi” mavzusida davra suhbat bo’lib o’tdi. Davra suhbatida kutubxona mutaxassisi tomonidan Jadidchilik harakatining paydo bo‘lish sabablari va tarixiy sharoiti, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Avloniy, Fitrat, Cho‘lpon kabi jadidlarning faoliyati, yangi maktablar, darsliklar, matbuot va ma’rifiy islohotlari haqida ma’lumotlar berdi. Suhbat davomida jadidlar merosi bugungi kunda ham dolzarb ekani, ularning ma’rifat, axloq va taraqqiyotga doir g‘oyalari yoshlar tarbiyasi uchun muhim manba bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi. Davra suhbatida jadid adabiyot durdonalari kitoblari ko’rgazmasi tashkil etildi. Davra suhbatida 16 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.