”Mehribon onalarimizga ta’zim”
Joriy yilnin 17-mart kuni PQ-401-son qarorining 3-ilova 36-bandida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo’yicha Paxtakor tumani axborot kutubxona markazi hamda Paxtakor tuman Oqila ayollari hamkorligida ”Mehribon onalarimizga ta’zim” nomli Onalar kuniga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi. Tadbir davomida yoshi ulug’onaxonlarimiz ishtirokida Navro’z arafasida o’tkaziladigan eng qadimiy va sevimli udumlardan biri-sumalak saylidir. Ayniqsa, bu saylning Onalar kuni bilan birgalikda tashkil etilishi onalarga hurmat va ehtirom ifodasi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Bunday sayillarda onalar va buvilarimizning hayotiy tajribasi, mehr-muhabbati va milliy urf-odatlarimiz yosh avlodga etkaziladi. Tadbir ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi. Tadbirda 18 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.