• paxtakor_akm@natlib.uz
  • +998 93 827-67-10
  • O'zbek
  • Русский
  • English
  • paxtakor_akm@natlib.uz
  • +998 93 827-67-10
  • 22.11.2021
  • 09:09
Jizzax viloyati Paxtakor tumani Axborot-kutubxona markazi
  • Bosh sahifa
  • Kutubxona haqida
    • Kutubxona tarixi
    • AKM jamg'armasi
    • Tuzilma
    • O‘quv zallar
  • Kutubxona bo’limlari
    • Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati
    • Axborot-bibliografiya xizmati
    • Fondlarni to‘ldirish, saqlash ishlov berish xizmati
    • Axborot kommunikatsiya texnalogiyalari va raqamlashtirish xizmati
  • Kutubxona faoliyati
    • Rahbariyat
    • ish tartibi
    • Fuqarolar murojaati
    • Asosiy va qo'shimcha xizmatlar
    • Vikipediya bo`limi
    • Yangiliklar
  • Elektron kutubxona
  • Kutubxona yangiliklari

Maqsud Shayxzoda tavalludining 115 yilligi munosabati bilan ,,Maqsud Shayxzoda ikki xalq dilbandi ’’ mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.


Jizzax viloyat Paxtakor tuman axborot-kutubxona markazida 25-oktabr kuni “INFOLIB O`ZBEKISTON-2023” XII Milliy axborot-kutubxona haftaligi va Yosh kutubxonachilar III forumi dasturi asosida o’tkazilayotgan tadbirlar doirasida Paxtakor tuman MMTB tassarufidagi 1-umumta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi R.Ziyoyev bilan hamkorlikda O‘zbek adabiyotining atoqli namoyandalaridan biri, mashhur shoir, zabardast dramaturg, adabiyotshunos olim va tarjimon Maqsud Shayxzoda tavalludining 115 yilligi munosabati bilan ,,Maqsud Shayxzoda ikki xalq dilbandi ’’ mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbatida ustoz tomonidan yosh kitobxonlarga adabiyotshunos olim Maqsud Shayxzoda to’g’risida ma’lumotlar berildi. Kitobxonlar bilan yozuvchining hayoti va ijodi, asarlari yuzasidan qiziqarli suhbat bo’lib o’tdi. Davra suhbatida axborot-kutubxona markazi mutaxassisi tomonidan Maqsud Shayxzodaning ijodiy merosi haqida ,,Turkiy adabiyot durdonalari’’ deb nomlangan kitoblar turkumining ,,Maqsud Shayxzoda’’ kitobi o’qishga tafsiya etildi, kitobxonlar uchun mashhur shoir Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodiga bag’ishlangan videorolik namoish etildi. Davra suhbati yakunida ishtirokchilar tomonidan chiroyli raqslar kitobxonlarga yoqimli kayfiyat baxsh etdi. Davra suhbatida 22 nafar ishtirokchi qatnashdi.
Jizzax viloyati Paxtakor tumani Axborot-kutubxona markazi

Jizzax viloyati Paxtakor shahri 
“Do‘stlik” MFY Mustaqillik ko‘chasi 2-a uy

Telefon: +998 93 827-67-10
Email: paxtakor_akm@natlib.uz

© Copyright 2021 — Jizzax viloyati Paxtakor tumani Axborot-kutubxona markazi. Barcha huquqlar ximoyalangan