”Mahallalarni rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan davra suhbati bo’lib o’tdi
Joriy yilning 8-yanvar kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani ”Smart” o’quv markazi bilan hamkorlikda 2026 yil O’zbekistonda ”Mahallalarni rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan davra suhbati bo’lib o’tdi . Davra suhbatida 2026 yilning 6 ta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha o’quvchilarga tushunchalar berib o’tildi.Bu ustuvor yo’nalishlarning barchasi mahallalarni kuchli, farovon va ijtimoiy faol markazlar sifatida shakillantirish, jamiyatda ijtimoiy barqarorligini oshirish hamda aholining hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan. Davra suhbatida 36 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.