“Kutubxonada kiyinish madaniyati va kitobxonlar bilan muloqot” mavzusidagi maʼnaviyat soati oʻtkazildi.
8-sentabr kuni Paxtakor tumani Axborot-kutubxona markazida kitobxonlarga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, kutubxona maskanida madaniy muhitni shakllantirish hamda xodimlar va tashrif buyuruvchilar oʻrtasidagi muloqot odobini takomillashtirishga qaratilgan “Kutubxonada kiyinish madaniyati va kitobxonlar bilan muloqot” mavzusidagi maʼnaviyat soati oʻtkazildi. Tadbirda quyidagi masalalar koʻrib chiqildi: 📚 Kutubxonada kiyinish madaniyati: * Xushbichimlik va ozodalik: Kiyim ortiqcha yorqin ranglar, eʼtiborni tortuvchi rasmlar va yozuvlarsiz boʻlishi, doimo ozoda va dazmollangan holda kiyilishi kerak. 📚 Kitobxonlar bilan muloqot madaniyati. Tadbir davomida ushbu qoidalar haqida batafsil tushuncha berildi. Unda 12 nafar mutaxassis xodim ishtirok etdi.