"Konstitutsiya baxtimiz qomusi" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Joriy yilning 5 dekabr kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani MMTB tasarrufidagi maktablar
hamkorligida "Konstitutsiya baxtimiz qomusi" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Davra suhbatida o'quvchilar bilan Konstitutsiyaga oid tezkor savol javoblar o'tkazildi. 1992-yil 8-dekabr-Oliy Kengashning XII chaqiriq sessiyasida Konstitutsiya rasmiy ravishda qabul qilindi. Shu kundan boshlab 8-dekabr - Konstitutsiya kuni deb belgilandi.Davra suhbatida konstitutsiyaga oid kitoblar ko'rgazmasi ham tashkil etildi. Davra suhbatida 14 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.