Ko'zi ojizlar uchun maxsus kutubxona kutubxonachisiga amaliy va metodik yordam ko'rsatildi.
27-avgust kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi axborot bibliografiya xizmati tomonidan Ko'zi ojizlar uchun maxsus kutubxona kutubxonachisiga amaliy va metodik yordam ko'rsatildi. Kutubxonachiga sistemali va topografik kartoteka yozilishi, shaxs ko'rsatkichi, eslatma va qo'llanma yozilishi tartibi haqida tushuntirildi va VAKM tomonidan ishlab chiqilgan namunalaridan berildi. Kutubxonachi o'zini qiziqtirgan savollariga javob oldi.