"Ko'chma kutubxona" xizmati tashkil etildi.
2025-yil 21- oktabr kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi tomonidan "Ko'chma kutubxona" xizmati tashkil etildi. Loyihaga binoan Paxtakor tumani Bolalar va o'smirlar sport maktabiga borib, kitobxonlikni keng targ’ib qilish, kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida 20 nomdagi adabiyotlar o'qilgan kitoblarga almashtirilib kelindi.