"Ko'chma kutubxona" xizmati tashkil etildi.
2025- yil 3-oktyabr kuni Paxtakor tumani axborot kutubxona markazi abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi tomonidan "Ko'chma kutubxona" xizmati tashkil etildi. Loyihaga binoan Paxtakor tumani Dilorom mahallasiga borib, kitobxonlikni keng targ’ib qilish, kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida 20 nomdagi adabiyotlar topshirilib , o'qilgan kitoblar almashtirilib kelindi.