"Ko'chma kutubxona" xizmati tashkil etildi.
2025-yil 10-dekabr kuni Paxtakor tumani axborot kutubxona markazi abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi tomonidan "Ko'chma kutubxona" xizmati tashkil etildi. Loyihaga binoan Paxtakor tumani Ko'zi ojizlar kutubxonasiga borib, kitobxonlikni keng targ’ib qilish, kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida 20 nomdagi adabiyotlar o'qilgan kitoblarga almashtirilib kelindi.