”Kitobxonlik madaniyatini oshirish kuni” mavzusida Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi AKT raxbari bilan uchrashuv tashkil qilindi.
Joriy yilning 2-iyul kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazida“Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan ”Kitobxonlik madaniyatini oshirish kuni” mavzusida Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi AKT raxbari bilan uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuvning asosiy maqsadi yoshlar o'rtasida kitob mutolaasi madaniyatini rivojlantirish, ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda kitobga bo'lgan qiziqishini yanada oshirishdan iborat bo'ldi.Uchrashuv davomida kitob mutolaasining inson tafakkuri, dunyoqarashi va ma'naviy kamolotidagi o'rni haqida fikr almashildi. Ishtirokchilarga mutolaa odoblari, kitob tanlash mezonlari va muntazam o'qishning afzalliklari haqida tavsiyalar berildi. Uchrashuv davomida faol kitobxon yoshlar o'zlari mutolaa qilgan kitoblari yuzasidan taassurotlari bilan o'rtoqlashdilar, savol-javob va erkin muloqot tashkil etildi. Uchrashuvda kitoblar ko’rgazmasi tashkil qilindi. Uchrashuvda 22 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.