”Kitobxonlar klubi” a’zolari ishtirokida ”Qahramonlar xotirasi qalblarda” nomli ma’naviy va marifiy tadbir bo’lib o’tdi.
Joriy yilning 8-may kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani MMTB tasarrufidagi 2-maktab hamkorlikda ”Kitobxonlar klubi” a’zolari ishtirokida ”Qahramonlar xotirasi qalblarda” nomli ma’naviy va marifiy tadbir bo’lib o’tdi. 9-may xotira va qadrlash kuni xalqimizning tinchligi, erkinligi va bugungi osoyishta hayot yo’lida jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasini yod etish, urush va mehnat faxriylariga hurmat ko’rsatish kuni sifatida keng nishonlanadi. Bu sana inson qadri, vatanparvarlik , jasorat va fidoiylik timsolidir. Tadbirda o’quvchilarga yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi yo’lida xizmat qilgan qahramonlarimiz haqida ma’lumotlar berib o’tildi va o’quvchilarimiz ishtirokida ifodali she’rlar o’qildi. Tadbirda kitoblar ko’rgazmasi ham tashkil etildi. Tadbirda 32 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.