”Kitobxon onalar-ma’naviyat tayanchi” nomli uchrashuv bo’lib o’tdi.
Joriy yilning 19-yanvar kuni Paxtakor tumani axborot kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani xotin-qizlar bo’yicha xokim o’rinbosari Durdona Sarabekovna hamda kitobxon onalar ishtirokida ”Kitobxon onalar-ma’naviyat tayanchi” nomli uchrashuv bo’lib o’tdi. Kitobxon ona-bu jamiyat ma’naviyatining mustahkam poydevoridir. Chunki farzandning ilk tarbiyasi , dunyoqarashi va hayotga bo’lgan munosabati aynan ona orqali shakillanadi. Kitob mutolaasi esa onaning fikrlash doirasini kengaytirib , nutq madaniyatini boyitadi va farzand tarbiyasida eng samarali vositaga aylanadi. Uchrashuv qiziqarli fikr mulohazalarga boy tarzda bo’lib o’tdi. Uchrashuvda 13 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.