“Kitobxon ona” va “Kitobxon qiz” tanlovining mahalla bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
Paxtakor tumanida “Kitobxon ona” va “Kitobxon qiz” tanlovining mahalla bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi. Tanlovda ishtirokchilar oldindan tavsiya etilgan 10 ta kitob asosida puxta tayyorgarlik ko‘rib, o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar. Mazkur bosqich test sinovlari shaklida o‘tkazilib, savollar aynan tavsiya qilingan asarlar mazmuni, g‘oyasi va mualliflari yuzasidan tuzildi. Ishtirokchilar o‘zlari o‘qigan kitoblar asosida bilimlarini namoyon etib, savollarga aniq va ishonchli javob berishga harakat qildilar. Tanlov jarayoni shaffof va adolatli tarzda tashkil etildi. Eng yuqori natija qayd etgan ishtirokchilar tanlovning keyingi bosqichiga yo‘llanma olishadi. Bunday tanlovlar kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasida mutolaa an’analarini keng yoyish hamda ma’naviy-ma’rifiy saviyani oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.