”Kitobxon oila-ma’rifat maskani” nomli davra suhbati bo’lib o’tdi.
Joriy yilnin 22-iyun kuni Paxtakor tumani axborot kutubxona markazi hamda Paxtakor tuman Do’stlik mahallasi fuqarolari hamkorligida Mahallada , Oilada kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini shakillantirishga qaratilgan g’oya asosida ”Kitobxon oila-ma’rifat maskani” nomli davra suhbati bo’lib o’tdi. Tadbirning asosiy maqsadi oilalarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ota-onalar va farzandlar o’rtasida ma’naviy muhitni mustahkamlash hamda yosh avlodni mutolaa orqali bilim va tafakkurga chorlashdan iboratdir. Kitob mutolaasi oilada ezgulik, mehr-oqibat va yuksak manaviyatni shakillantiradi. Kitobxon oila-ma’rifatli jamiyatning mustahkam poydevori bo’lib , barkamol avlod tarbiyasida muhim o’rin tutadi.Davra suhbatida kitoblar ko’rgazmasi ham tashkil etildi. Davra suhbatida 23 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.