”Kitobxon oila-ma’naviyat beshigi” nomli davra suhbati bo’lib o’tdi.
Joriy yilning 17-iyun kuni Paxtakor tumani axborot- kutubxona markazi hamda Tuman Oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i D.Durdona Sarabekovna va Paxtakor tumani Adliya bo’limi bilan hamkorlikda Mahallada , oilada kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini shakillantirishga qaratilgan g’oya asosida ”Kitobxon oila-ma’naviyat beshigi” nomli davra suhbati bo’lib o’tdi. Bugungi kunda yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashda kitobning o’rni beqiyosdir. Ayniqsa, oilada kitob mutolaasi madaniyatini shakillantirish farzandlarning fikrlash doirasini kengaytirish nutqini rivojlantirish hamda ma’naviy axloqiy tarbiyasini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur tadbirning maqsadi –oilalarda kitob mutolaasini targ’ib qilish, kitobxonlik madaniyatini shakillantirish maqsadida tashkil etildi. Davra suhbatida kitoblar ko’rgazmasi xam tashkil etildi. Davra suhbatida 22 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.