”Kitobxon oila-baxtli kelajak” nomli davra suhbati bo’lib o’tdi.
Joriy yilnin 18-may kuni Paxtakor tumani axborot kutubxona markazi hamda Paxtakor tuman Olmazor mahallasi fuqarolari hamkorligida Mahallada , oilada kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini shakillantirishga qaratilgan g’oya asosida ”Kitobxon oila-baxtli kelajak” nomli davra suhbati bo’lib o’tdi. Bugungi kunda yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashda kitobning o’rni beqiyosdir. Ayniqsa, oilada kitob mutolaasi madaniyatini shakillantirish farzandlarning fikrlash doirasini kengaytirish nutqini rivojlantirish hamda ma’naviy axloqiy tarbiyasini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur tadbirning maqsadi –oilalarda kitob mutolaasini targ’ib qilish, kitobxonlik madaniyatini shakillantirish maqsadida tashkil etildi. Davra suhbatida kitoblar ko’rgazmasi xam tashkil etildi. Davra suhbatida 16 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.