"Kitobxon mahalla-ma'rifatli mahalla" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
Joriy yilning 6-oktabr kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi va tuman mahallalari bilan hamkorligida "Kitobxon mahalla-ma'rifatli mahalla" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbatida bizga kitob ilmning kuchini, ma’rifatning buyuk ahamiyatini va yuksalish ravnaqi uchun qay darajada xizmat qilib kelayotganligi hamda kitob insonlar hayotida muhim ahamiyat kasb etishi haqida kutubxona direktori Anarova Ra'no Pardayevna tomonidan ma'lumot berib o'tdi.Shuningdek davra suhbatida kutubxona mutaxassisi Jahon adabiyoti durdonalaridan Mark Tivenning "Tom Soyerning boshidan kechirganlari" nomli kitobi haqida tanishtirib o'tdildi. Shuningdek har bir shoir va yozuvchilarimizning hayotiga qiziqish bildirish va ularning ijodiga chuqur yondoshish har bir inson uchun muhim vazifa ekanligi haqida ham fikr-mulohazalar bildirildi. Davra suhbatida kitoblar ko’rgazmasi ham tashkil etildi. Davra suhbatida 18 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.